Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgacha Farhod GESni modernizatsiya qilish ishlari yakunlanadi
2015-2017 yillarda «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistondagi eng yirik gidro elektr stansiyasi – Farhod GESni modernizatsiya qiladi. «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining yozishicha, natijada GES quvvati 114 mvt dan 127 mvtgacha uzaytiriladi.
Mazkur loyihaning qiymati 131 mln dollarni tashkil qilib, u 2016-2020 yillarda gidro energetika sohasini rivojlantirish Dasturiga kiritilgan.
Farhod GESning modernizatsiya qilish energetika kompaniyasining o‘z mablag‘lari (65,3 mln dollar) va Islom taraqqiyoti bankining kreditlari (65,7 mln dollar) evaziga amalga oshiriladi.
Modernizatsiya ishlari yakunlangach, Farhod GES o‘rtacha eyelektr energiya ishlab chiqarish quvvati 557,6 mln kVt/soatga yetishi ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, O‘zbekistonda Farhod GESining qurilish ishlari 1943 yilda boshlangan. GES 1953 yilda to‘rtta agregatda umumiy quvvati 126 ming kVt holatida foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston energetika tarixida Farhod GES umumxalq hashari asosida qurilgan obekt sifatida alohida qayd qilinadi. Uning ishlab chiqarish quvvati «O‘zbekenergo»ning deyarli yarim quvvatiga teng.