Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Yer va Oyning 8 mln km masofadan ko‘rinishi
Yaponiyaning Procyon zondi Yer va Oyning noyob kadrini tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Unda sayyora va uning tabiiy yo‘ldoshi 8 mln km naridan qayd qilingan.
Yer va Oy o‘rtasidagi masofa o‘rtacha 384400 km ni tashkil qilishi aytiladi. Bu hududga Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun bemalol sig‘ishi mumkin.
Procyon kosmik apparati “Xayabusa-2” sayyoralararo stansiyasi tomonidan 2014 yili uchirilgan. Dastavval zond 2016 yili 2000 DP107 asteroidiga yaqinlashishi lozim edi, ammo keyin bu g‘oyadan ion dvigateli ishlashidagi buzilishdan so‘ng voz kechildi.