Jahon | 11:23 / 03.12.2015
4320
2 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi otishmaga ziyofatdagi janjal sabab bo‘lgani aytildi

Los Angeles Times nashrida yozilishicha, Kaliforniya shtatidagi San-Bernardino shaharchasidagi jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar markazida yuz bergan otishma shu markazdagi anjumanlar zalida o‘tkazilgan ziyofat vaqtida yuzagan kelgan tushunmovchilik ortidan ro‘y bergan.

Tergovning taxminlariga ko‘ra, hujum uyushtirganlardan biri ziyofatdagilar bilan janjallashib qolgach hududni shoshilinch ravishda tark etgan va 2 sherigi bilan qurollangan holda qaytib kelgan.

Oldingi xabarlarda bu guruh politsiya ta'qibidan qochish vaqtida bomba portlatgani aytilgandi.

3 dekabrga o‘tar kechasi Kaliforniya shtatining San-Bernardino shaharchasida (Los-Anjyeles yaqinida) noma'lum shaxslar jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun markaz hududiga bostirib kirib, tartibsiz ravishda o‘t ochishgan. Bu otishma natijasida 14 kishi halok bo‘lgan va 17 kishi yaralangan.

Hujum qilganlardan biri, ayol kishi otib o‘ldirilgan, yana biri qo‘lga olingan, uchinchi jinoyatchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Guvohlarning aytishicha, jinoyatchilar voqea hududiga harbiy kiyimlarda kirib kelishgandi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s