Texnologiya | 16:28 / 03.12.2015
4004
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda SSD-disk va qattiq disk narxi deyarli tenglashadi

DRAMeXchange mutaxassislarining kuzatuvlari SSD-disk narxi 3 yil davomida uzluksiz ravishda arzonlashib kelayotganini ko‘rsatdi. Ularning taxminiga ko‘ra, 2017 yilga kelib 1 GB SSD-xotira shu hajmli qattiq diskdan bor-yo‘g‘i 11 sentga qimmatroq bo‘ladi.

Bu foydalanuvchilar deyarli qattiq disk narxiga teng bo‘lgan va unga nisbatam tezkor, ishonchli, elektroenergiyaga tejamli hamda shovqinsiz xotira qurilmasi sotib olish imkonini beradi.

Shuningdek, DRAMeXchange 4 chorakdan buyon SSD-disk narxi 10 foizga arzonlashib borayotganini ma'lum qilishdi. 2012 yilda SSD-diskda 1 GB xotira 99 sent turgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 39 sentga tushgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish