Texnologiya | 22:49 / 05.12.2015
4987
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Sony Xperia Z6 beshta versiyada taqdim etiladi

Sony kompaniyasi 2016 yilning 5 yanvar kuni CES elektronika ko‘rgazmasi doirasida matbuot anjumani o‘tkazishini tasdiqladi. U o‘zining yangi flagmani haqida bir oy oldin — Mobile World Congress (MWC) ko‘rgazmasida ma'lum qilib bo‘lgan edi.

Xperia Z6 haqida so‘z ketganida, avvalo, uning yangi dizayni barchaning diqqatini o‘ziga tortdi. Texnik tomondan ham yangi qurilma yangilangan. Agar ovozalarga e'tibor qaratiladigan bo‘lsa, Sony Mobile Xperia Z6 ning birdaniga turli modellarini ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Bular: Xperia Z6 Mini (X45), Xperia Z6 Compact (X55), Xperia Z6 (X60), Xperia Z6 Plus (X65) va Xperia Z6 Ultra (X50) modellaridir.

Ular ichida Xperia Z6 Mini Qualcomm Snapdragon 620 protsessorida, Xperia Z6 ning boshqa versiyalari esa Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi.

Odatiy Xperia Z6 versiyasi 5,2-dyuymli displeyga ega. Mini-variant esa 4-dyuym, Xperia Z6 Compact 4,6 dyuymli displeyga ega. Sony Xperia Z6 Plus va Xperia Z6 Ultra modellari esa 5,8-dyuym va 6,4-dyuymli etib chiqariladi.