O‘zbekiston | 12:54 / 14.12.2015
2220
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zfarmsanoat”ning ustav kapitaliga uchta ilmiy-tadqiqot institutining davlat aktivlari berildi

“O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitaliga uchta ilmiy-tadqiqot institutining davlat aktivlari o‘tkazib berildi. Bular: O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardob ITI, “Sharq tabobati” ITI.

Vazirlar mahkamasining 9 oktabrdagi qarorida ko‘rsatilishicha, davlat aktivlari ulardan yanada samaradorroq foydalanish maqsadlarida berilgan.
Ayni paytda yangi dori vositalari ishlab chiqish sohasidagi ilmiy ishlarni O‘zbekistonning ixtisoslashgan ITIlarida faoliyat yuritayotgan 800 ilmiy xodim amalga oshirmoqda.