O‘zbekiston | 21:11 / 17.12.2015
4544
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tekstil texnobog‘i narxi 15 mln dollarni tashkil etadi

Ilmiy-tadqiqot tekstil “Texnopark”i yaratish loyihasining joriy qiymati 15 mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya texnologiyalar instituti direktori Park Yong Xvan ma'lumot berdi.

Uning ta'kidlashicha, ushbu mablag‘ hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, texnologik jihozlash va personalni o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Loyiha 2017 yil oxiriga qadar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston va Koreya mutaxassislari loyihani texnik-iqtisodiy asoslash ustida ishlamoqda. Qurilish va montaj ishlari 2016 yil martidan boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish