Iqtisodiyot | 15:52 / 18.12.2015
4395
1 daqiqa o‘qiladi

Yuan kursi 2006 yildan beri ilk marta 10 kun davomida ketma-ket pastladi

Xitoy Xalq banki (markaziy banki) milliy valyuta kursini dollarga nisbatan yana bir marta pasaytirdi. Hozirda kurs 2011 yilning iyunidan buyon eng minimal ko‘rsatkichga - 6,4814 qiymatgacha kamaydi.

TASS agentligi bergan xabarga ko‘ra, XXR markaziy banki 2006 yildan buyon ilk marta milliy valyuta kursini ketma-ket 10 kun davomida pasaytirdi.

Tahlilchilar bu holatni yuanning valyutalar zaxira korzinasiga kiritilishi bilan bog‘lamoqda. 2016 yilning oktabr oyiga kelib, Xitoy puliga talab oshishi natijasida uning qiymati ham oshishi kutilmoqda.