Jahon | 19:16 / 26.12.2015
2585
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada hokimiyat organlari OAV muassislari bo‘lishi taqiqlandi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko yangi qonun loyihasini imzoladi. Unga ko‘ra, Ukrainada davlat amaldorlari va hokimiyat organlariga bundan keyin bosma nashrlar muassisi yoki hammuassis bo‘lishi taqiqlanadi. Bu haqda RNS xabar qildi.

Qayd etilishicha, bundan oldinroq, 21 dekabr kuni Poroshenko Oliy Rada tomonidan taklif etilgan bu qonun loyihasini imzolashdan bosh tortgandi.

Bu qonun loyihasida bosma nashrlar faoliyatini isloh qilish va gazeta matnlari faqat ukrain tilida chiqishi ko‘zda tutilgan. 24 dekabr kuni parlament bu qonun loyihasini tahrirlab chiqib, qaytadan prezidentga taqdim etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish