Jahon | 21:52 / 26.12.2015
17015
2 daqiqa o‘qiladi

Mendeleyev davriy jadvalining 113-elementi yaponiy deb nomlanishi mumkin

Mendeleyev davriy jadvalidagi yangi 113-element yaponiy deb nomlanadigan bo‘ldi. Ayni paytda yangi elementning qanday nomlanishi bo‘yicha Amerika, Rossiya va Yaponiya olimlari jamoalari bahs olib bormoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.

Ayni paytda 113-kimyoviy elementning ixtiro qilinishiga oid mualliflik huquqini ikki guruh: Rossiya-Amerika va yapon olimlari guruhi kurash olib bormoqda. Birinchi guruhning ma'lum qilishicha, element sintezi 2003 yilda Dubnadagi Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida o‘tkazilgan izlanishlarda amalga oshganini ma'lum qilgan.

Yaponiya Tabiiy fanlar institutida faoliyat ko‘rsatayotgan ikkinchi jamoa esa o‘z ma'lumotlarini 2004, 2005 va 2012 yillarda qo‘lga kiritganini ta'kidlashmoqda.

Kashfiyot va nomlanish to‘g‘risidagi qaror Xalqaro nazariy va amaliy kimyo kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yapon olimlari 113-moddani rux va vismut yadrolarini to‘qnashtirish orqali olgan bo‘lsa, rus-amerika jamoasi 115-moddani sintez qilish yo‘li bilan olishgan.

Yakuniy qaror esa 2016 yilning yanvar oyida Xalqaro nazariy va amaliy kimyo kengashi yig‘ilishidan so‘ng ma'lum bo‘ladi.

Tabiatda, qoidaga binoan, atom raqami (yadrodagi protonlar soni) 92dan oshmagan (uran) moddalar kuzatiladi. 93dan 100tagacha proton bo‘lgan elementlar reaktorlarda, 100tadan yuqorisi tezlatkichlarda olinadi.