Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Real Sosedad»ni mag‘lub etish orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Ispaniya chempionatining 17-turida "Real" hamda "Real Sosedad" klublari uchrashdi.
O‘yinda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yining 23 daqiqasida mehmonlar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Nuqtaga yaqinlashgan Krishtianu Ronaldu zarba berishda adashdi va o‘yinda hisob ochilmay qoldi. Bu portugaliyalik futbolchining o‘z faoliyati davomida 15-marta 11 metrlik jarima zarbasini xato amalga oshirishi bo‘ldi.
O‘yin hakami Xose Luis Gonsales Gonsales 41-daqiqada yana bir marta "Real Sosedad" darvozasiga penalti belgiladi. Bu safar Ronaldu aniq zarba berdi va o‘z faoliyatida 88 marta penaltidan urgan golini nishonladi.
Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar hujumchisi Bruma hisobni tenglashtiruvchi golni urdi.
Krishtianu Ronaldu o‘yinning 67-daqiqasida chap oyog‘i bilan ajoyib tarzda darvozaga to‘pni yo‘lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Yana bir golni zaxiradan maydonga tushga iqtidorlik hujumchi Vaskes 86-daqiqada kiritdi. Unga uzatmani Garet Beyl juda chiroyli qilib tashlab berdi.
O‘yin "Real"ning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va jamoa uch ochkoni qo‘lga kiritib 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ispaniya chempionati, 17-tur
Real Madrid – Real Sosedad 3:1
Gol: 1:0 – 42, penalti Ronaldu, 1:1 – 49 Bruma, 2:1 – 67 Ronaldu, 3:1 – 86 Vaskes.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Danilo, Nacho, Modrich, Kroos, Xames (Kovachich, 59), Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 76).
Real Sosedad – Ruli, Martines, Berchiche, Elustondo, Martines, Priyeto, Ilyarramendi, Bergara, Kanales (Pardo, 45), Agirreche (Bruma, 18), Jonatas (Vela, 68).
Ogohlantirishlar: Berchiche (32), Martines (40), Nacho (56), Ilyarramendi (62).