O‘zbekiston | 19:47 / 04.01.2016
6063
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati oyoq kiyimlari ishlab chiqarish sohasiga 70 million dollar kiritadi

O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida charm-oyoq kiyimlari sanoatini rivojlantirishga 70 million dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Sputnik agentligi "O‘zbekcharmpoyabzali"dagi axborot manbasiga asoslangan holda.

2020 yil oxiriga qadar yiliga 400 millard so‘mlik (142 million dollar) mahsulotlar ishlab chiqarib, 15,5 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilishga imkon beruvchi 61ta investitsion loyiha amalga oshiriladi.

“O‘zbekiston asosiy eksport bozorlarida kuzatilayotgan qulay vaziyatda charmdan oyoq kiyimlari, sport inventarlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni jadallashtirishni rejalashtirmoqda. Masalan, Rossiya bunday mahsulotlarning katta qismini Turkiyadan xarid qilmoqda. Sodir bo‘layotgan hodisalar esa bizning manfaatimizga xizmat qilmoqda”, - deya qayd etdi axborot manbasi.

Bugungi kunda Rossiya va MDH davlatlariga yetkazilayotgan xitoy va turk charm mahsulotlarining bir qismi O‘zbekistondan xarid qilingan xom ashyodan tayyorlanmoqda. Ayni paytda Xitoy o‘zbek charm xom ashyosining asosiy importyori (39 foiz) hisoblanadi.

Bu ro‘yxatda Rossiya birinchi (12 foiz), Turkiya esa uchinchi o‘rinni (11 foiz) egallaydi.
Shu sababli O‘zbekiston xom ashyoni qayta ishlashni ko‘paytirib, mazkur bozorlarga tayyor mahsulotlari bilan chiqishni rejalashtirmoqda.