18:00 / 25.05.2018
36784

Infografika: Dunyoning turli nuqtalarida ro‘zadorlik vaqtlari

Ramazon oyi kirib kelishi bilan dunyo musulmonlari tong sahardan to kun botgunga qadar ro‘za tutishadi.

So‘nggi yillarda Ramazon yoz fasliga to‘g‘ri kelishi natijasida, shimoliy yarimshardagi mamlakatlarda ro‘za uzun kunlar va issiq ob-havo sharoitida, janubiy yarimshar mamlakatlarida esa aksincha, qisqa va salqin qish kunlarida o‘tmoqda.

Bu maqolamizda dunyo musulmonlari qancha vaqt ro‘za tutayotgani haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Ma'lumki, quyoshning chiqish va botish vaqti almashib turgani sababli, Ramazon ro‘zasi vaqti ham shunga mos ravishda o‘zgaradi.

Shimoliy yarimsharda Ramazon bahorda boshlanib, yozda tugayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, ro‘za vaqti oy oxiriga qadar uzayib boradi. Janubiy yarimsharda esa kuz faslidan qishga qarab borayotgani sababli, og‘iz yopiq bo‘ladigan vaqt qisqarib boraveradi.

Ayni paytda, chekka shimolda joylashgan davlatlarda istiqomat qiluvchi musulmonlar ro‘zani 20 soatdan ortiq vaqt davomida tutishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Grenlandiya oroli esa bu borada rekord o‘rnatadi, uning aholisi ro‘za tutadigan bo‘lsa, 21 soat (!) davomida og‘zi yopiq bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Norvegiya va Finlyandiyada esa bu ko‘rsatkich 20 soatga teng.

Chekka janubda joylashgan mamlakatlarda esa aksincha, kunlar qisqa va salqin bo‘lishi natijasida ro‘za vaqti ham uzun emas. Xususan, Chili janubida istiqomat qiluvchi musulmonlar atigi 10 soat ro‘za tutadi. Avstraliya janubi, Janubiy Afrika, Argentina janubi va Yangi Zelandiya aholisi uchun ham Ramazon oyi yengil kelgan. Ular 11,5 soat davomida og‘zi yopiq bo‘ladi.

Quyida dunyoning ba'zi mamlakatlarida ro‘zaning uzunligi borasida taxminiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Mavzuga oid
Top