Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Ramazon oyidagi «Qadr keçasi» munosabati bilan 356 nafar mahbusni afv etdi. Prezident farmonida jinoyat sodir etgani uçun sudlangan, biroq qilmişidan puşaymon bölib, çin dildan tuzaliş yöliga ötgan fuqarolar ozodlikka çiqarilişi aytilgan. 

Şahar va tuman hokimliklari rahbarlariga afv etilgan Turkmaniston fuqarolarini işga joylaştiriş çoralarini köriş böyiça topşiriqlar berilgan. 

Serdar Berdimuhamedov tez orada qamoqxonani tark etuvçi fuqarolarga «vijdonan mehnat qilib, mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlarda iştirok etiş, Vatanga sidqidildan xizmat qiliş, öz mehnati samarasidan bahramand bölib yaşaşni» tiladi. 

Turkmanistonda mahbuslarni afv etiş tadbirlari muntazam ravişda ötkaziladi. Prezident odatda «Qadr keçasi», Betaraflik va Mustaqillik kunlarini nişonlaş arafasida tegişli farmonlarni imzolaydi. Qayd qilinişiça, şu tariqa, sönggi bir neça yil içida respublikaning 20 mingdan ortiq muqaddam sudlangan fuqarolari ozod etilgan. 

Ramazon oyining «Qadr keçasi» Islom olamida alohida qadrlanadi va odatda rözaning 27-kuni (bu yil 5 apreldan 6 aprelga ötar keçasi) nişonlanadi.