Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanişiş maqsadida 14 mart kuni Sirdaryo viloyatiga yöl oldi.

Safar asnosida davlatimiz rahbari Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlaşdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yönalişlardagi işlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida söz bordi.

Ma’lumki, 11 mart kuni butun islom ummati qatori  yurtimiz musulmonlari ham bu qutluğ oyni xursandçilik bilan kutib oldilar. Rözadorlar mamlakatimizdagi tinçlik va farovonlik şarofatidan ibodatlarini emin-erkin ado etmoqda, buning uçun Alloh taologa çeksiz şukronalar aytmoqda. Masjidlarda Qur’oni karim xatm etilib, xalqimizga osoyiştalik, fayzu baraka tilab duolar qilinmoqda.

Muftiy bu uluğ ayyomda sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bölişini, yurtdoşlarimiz buni his qilib, savob amallarni köp qilayotganini aytdi.

Prezidentimiz bu oyni yuksak darajada ötkaziş, yurtimizdagi tinçlikni qadrlaş va mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş böyiça öz fikrlarini bildirdi. Inson qadrini uluğlaş maqsadiga muvofiq, xalqimiz manfaatlarini ta’minlaş, muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş davom ettirilişini aytdi.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş, tomorqa va uy xöjaliklaridagi imkoniyatlarni töliq işga soliş orqali qişloq aholisi turmuşini yuksaltiriş muhimligi ta’kidlandi.   Yoşlarni bilim-ma’rifatli va vatanparvar etib tarbiyalaş, ularni öqişga, mehnatsevarlikka undaşning ahamiyati haqida suhbatlaşildi.