Fond tomonidan tarqatilgan press-relizda garçi «tavsiya etilgan narx yuqori narx diapazonida joylaşgan bölib, avval mehmonxona mustaqil tarzda baholangan narxdan sezilarli darajada balandroq deb topildi», deya ta’kidlanayotgan bölsa-da, mehmonxona qurilişi 2016 yilda 205 million AQŞ dollariga tuşgandi.
2016 yilda Toşkent şahrida Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti arafasida «premium» sinfidagi xalqaro Hyatt tarmoği mehmonxonasi — Hyatt Regency Tashkent qurib bitkazilgani ma’lum qilingan edi.
«Uşbu mehmonxona 2013 yilda qurila boşlagandi. Loyiha qiymati taxminan 205 million dollar bölib, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 42 million dollarlik, Xalq bankining 100 milliard sömlik kreditlari va Toşkent şahri ma’muriyatining öz mablağlari hisobidan moliyalaştirildi», deyilgan edi rasmiy xabarlarda.
2020 yil boşida prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan yiğilişda beş yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini xususiylaştiriş rejalaştirilayotgani tilga olib ötilgan edi.
«BAA iştirokida 1 milliard dollarlik kapitalga ega «The Abu Dhabi Uzbek Fund» investitsiya fondi taşkil etildi. Bugungi kunga kelib uşbu jamğarma mablağlari hisobidan kiçik va örta loyihalarni, şuningdek, Samarqand şahrida mehmonxona quriş, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi xususiylaştirilişini moliyalaştiriş ma’qullandi», deyilgan edi xabarda.
Gazeta.uz öşanda hukumatdagi öz manbalariga tayanib, Hyatt Regency Tashkent uçun 110 million AQŞ dollari jalb qiliş rejalaştirilayotganini xabar bergan edi.
Iqtisodçi-ekspert Otabek Bakirov Hyatt Regency mehmonxonasi qurilişi qiymatiga oid ikkita hukumat qarori lex.uz bazasidan öçirib yuborilgani, biroq unda qaror nusxalari borligini ma’lum qildi.
Adliya vazirligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hukumatning 279- va 49 sonli qarorlari Lex.uz’da avval e’lon qilinmagan.
Ammo Norma.uz saytida 279-sonli qaror saqlanib qolgan. Matnda «Xalq banki» ATB «Poytaxt quriliş va xizmat» DUKka xalqaro toifadagi mehmonxona quriş uçun 100 milliard söm miqdorida kredit ajratişi, kredit jamğarib boriladigan pensiya tizimi mablağlari hisobidan 7 yil muddatga, 1 yil imtiyozli davr bilan, yillik 9 foiz stavka bilan ajratilişi keltirilgan.














