Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida Hyatt Regency mehmonxonasi qurib bitkazildi
Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida «premium» sinfidagi xalqaro Hyatt tarmog‘i mehmonxonasi - Hyatt Regency Tashkent qurib bitkazildi.
Ushbu mehmonxona 2013 yilda qurila boshlagan edi. Loyiha qiymati taxminan 205 million dollar bo‘lib, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 42 million dollarlik, Xalq bankining 100 milliard so‘mlik kreditlari va Toshkent ma'muriyatining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 300ta xonadan iborat, ulardan 15 foizi «lyuks» toifasiga kiradi. Mehmonxona hududida basseyn, 855 kv. m maydonga ega marosimlar o‘tkazish zali, spa-hudud va fitnes markaz mavjud.
Bulardan tashqari, 5 ta diplomatik xona, shuningdek, bitta prezidentlik xonasiga xizmat ko‘rsatiladi. Xonalar maydoni 35–190 kvadrat metr orasida.
Shuningdek, mehmonxonada bir qancha restoran va barlar: kecha-kunduz ishlaydigan «Xiva» internatsional oshxonasi, tomdagi Sette italian pitstseriyasi, Chai Lounge va ochiq ayvondagi bar faoliyat ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi ShHT sammitida qatnashish uchun kelgan ilk mehmonlarini qabul qildi.
Toshkentdagi yangi Hyatt Regency mehmonxonasining ilk suratlari paydo bo‘ldi
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijondan Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar – Uzbekistan Airways bilan
Jamiyat | 17:00
-
Meksikada mast kishi ko‘chada prezidentni o‘pmoqchi bo‘ldi
Jahon | 16:46
-
🔴 LIVE: Rossiya yadro sinovlarini boshlamoqchimi? | “Geosiyosat”
Jahon | 15:46
-
GFR rossiyaliklarning biometrik bo‘lmagan pasportlar bilan kirishini taqiqlaydi
Jahon | 15:45