Sport | 11:45 / 14.01.2016
6068
1 daqiqa o‘qiladi

"Arsenal"da yangi futbolchi transferi haqida e'lon qilindi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Shveytsariyaning "Bazel" jamoasidan yarim himoyachi ampluasida harakat qiluvchi Muhammad El-Nennining transfer qilingani haqida ma'lum qildi.

"Albatta, El-Nenni bizning jamoada o‘ynaydi. U allaqachon Londonga kelgan.
Balki uni kelayotgan yakshanba kunidagi o‘yinda ("Stok Siti"ga qarshi navbatdagi tur bahsi) maydonga tushirishim mumkin", deydi Venger.

ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" bu futbolchi uchun 7 mln funt sarflashgan. Uning rasmiy taqdimoti bugun o‘tkazilishi kutilmoqda.
El-Nenni jarohat olgan yarim himoyachilar o‘rnini to‘ldirish uchun olib kelingan.

Ushbu futbolchi joriy mavsumda Shveytsariya chempionatida 16ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgandi.