Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi
AQSh Kinoakademiyasi “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Oskarga nomzodlarni e'lon qildi. Marosim YouTube servisi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.
Asosiy mukofotga “Tushish o‘yini”, “Ayg‘oqchi ko‘prigi”, “Bruklin”, “Telba Maks: G‘azab yo‘li”, “Marslik”, “Omon qolgan”, “Xona” va “Diqqat markazida” filmlari da'vogarlik qilmoqda.
“Eng yaxshi rejissyor” kategoriyasida mukofotga Adam Makkey, Jorj Miller, Alexandro Gonsales Inyarritu, Lenni Abramson va Tom Makkarti da'vogarlik qilmoqda.
“Eng yaxshi original ssenariy” nominatsiyasida nomzodi ko‘rsatilgan filmlar: “Ayg‘oqchi ko‘prigi”, “Mashinadan”, “Boshqotirma”, “Diqqat markazida” va “Ko‘cha ovozi”.