Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiyachilarining Qatardagi ikkinchi o‘yinini ummonlik hakam boshqaradi
16 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda Iroq termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni ummonlik hakam Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf boshqarib boradigan bo‘ldi.
Unga yon chiziqlarda ummonlik Abu Bakar Salim Mahad Al-Amri va yaponiyalik Xaruxiro Otsuka yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini yaponiyalik Ryuji Sato bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiyachilari U-23 Osiyo chempionatining birinchi o‘yinini Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Birinchi turdagi ikkinchi o‘yinda Iroq Yaman ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.