Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyadagi hayvonot bog‘ida yana bir marta sher jasadi omma oldida nimtalandi
Daniyadagi Odense hayvonot bog‘ida omma oldida ikkinchi sher jasadi yorilib, uning ichki a'zolari preparatlandi, deb xabar bermoqda TV 2 Fyn telekanali.
Ta'kidlanishicha, ushbu jarayonni sayyohlar farzandlari bilan kuzatishgan hamda jarayon internet orqali translyatsiya qilingan.
Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, sherning preparatlanishini kuzatgan bolalar hech ham qo‘rqishmagan va bolalarga xos tarzda ko‘p savollar berishgan.
2015 yil oktabrda ushbu hayvonot bog‘ida omma oldida birinchi sher preparatlangandi: hayvonot bog‘ida sherlar ko‘payib ketgani sababli bir yashar sherning hayotiga dori vositasida chek qo‘yilgan, so‘ngra tanasi muzlatib qo‘yilgan. Sherning preparatlanish jarayonida izohlar berib borilgan va tashrif buyuruvchilarda sherning yuragi va boshqa a'zolarini ko‘rish imkoniyati bo‘lgan.