Tadbirda harbiylashtirilgan tuzilmalar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, xodimlari va ularning yaqinlari qatnashdi. Kun.uz muxbiri ushbu tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi.
14 yanvar kuni «O‘zbekiston» Xalqaro forumlar saroyida Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda harbiylashtirilgan tuzilmalar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, xodimlari va ularning oila a’zolari qatnashdi. Kun.uz muxbiri ushbu tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov – Oliy bosh qo‘mondon Shavkat Mirziyoyevning vatan himoyachilariga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etildi.
Tadbirga O‘zbekistondagi elchixonalarda faoliyat yuritayotgan harbiy attashelar ham taklif qilingan.
Bayramga faxriylar, xodimlarning yaqinlari va kursantlar ham tashrif buyurgan.
Vatan himoyachilari va ularning yaqinlari uchun harbiy orkestr, san’atkorlar va so‘z ustalari tomonidan bayram chiqishlari bo‘ldi.
Suratlar muallifi Farrux Absattarov