Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilangan VW Golf 420 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi
Volkswagen kompaniyasi yettinchi avlod Golf xetchbekini 2016 yil martida yangilaydi. Model yangi yorug‘lik diodli faralar, raqamli uskunalar panel va 420 ot kuchiga ega R420 motori bilan jihozlanadi. Bu haqda Auto Bild nashri yozmoqda.
Modelning tashqi ko‘rinishi sezilarli o‘zgarishlarga uchramayd: faqat oldingi qismiga yangiliklar kiritiladi.

Bundan tashqari, restaylingdan so‘ng Golf sensorli ekrani bor eng yangi multimedia majmuasiga sohib bo‘lishi mumkin, u ilk bora o‘tgan yil yanvarida Golf R Touch kontseptida ko‘rsatilgan edi. Majmua imo-ishoralar bilan boshqarilish funksiyasi, shuningdek, Apple CarPlay, Android Auto va MirrorLink interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Motor gammasiga o‘tgan yil yozida taqdim etilgan 3 silindrli 1 l li 115 ot kuchiga ega motor kiradi. Bu dvigatel 1.2 l li agregatning o‘rnini egallab, mashinaning hali yangilanmagan hozirgi versiyasi uchun ham buyurtma qilinishi mumkin.
Yangilangan model premerasi shu yilning martida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Sakkizinchi avlod Volkswagen Golf shu yilning oxiriga qadar taqdim etiladi.
