Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:30 / 26.01.2016
5034
1 daqiqa o‘qiladi
Peskov AQSh moliya vazirligining Putinga qo‘ygan ayblovlarini inkor qildi
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh moliya vazirligining Vladimir Putinni korrupsiyada ayblashini “uydirma” deb baholadi. Bu haqda RNS xabar bermoqda.
Ilgariroq ma'lum qilinganidek, AQSh moliya vazirining o‘rinbosari Adam Shubin BBC’ning “Panorama” dasturiga bergan intervyusida Putinning korruptsion sxemalarga aloqadorligi va asl boyligini yashirib yurganini aytgan edi.
“Bu savollarning birortasi javob talab qilmaydi, negaki bari uydirmadir”, - deb uning ayblovlarini izohladi Peskov.