Jamiyat | 12:30 / 26.01.2016
6466
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy tavalludining 575 yillik yubileyi munosabati bilan viktorina o‘tkazilmoqda

So‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish maqsadida shoir tavalludining 575 yilligi munosabati bilan Viktorina tashkil etilmoqda.

Viktorinada Alisher Navoiy hayoti va ijodiga hamda asarlariga oid savollar beriladi va unga o‘quvchi-yoshlar (foydalanuvchi) Fikr.uz saytining tegishli blogida yozma javob berish(iqtibos qoldirish) orqali javob berishadi.G‘oliblarni baholash mexanizmi:

Viktorinada 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari savollarga vaqt mezoni bo‘yicha to‘liq to‘g‘ri javob qoldirilgan izohlar asosida aniqlanadi. Agarda barcha savollarga to‘g‘ri javob bergan muxlislar soni bir qancha bo‘lsa, eng birinchi bo‘lib javoblarni yo‘llagan muxlis g‘olib deb topiladi. G‘oliblar UZINFOCOM markazining sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.

Viktorinada maktab, kasb-hunar kolleji va litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. O‘tkazish vaqti: 2016 yilning 25 yanvaridan 8 fevralgacha. G‘oliblar 2016 yil 10 fevral kuni Fikr.uz saytida e'lon qilinadi.