Texnologiya | 20:51 / 27.01.2016
18353
1 daqiqa o‘qiladi

Hamyonbop kichik litrajli Ravon R2 (Chevrolet Spark) mashinasi Rossiya avtosalonlarida paydo bo‘ldi

Kuni-kecha Rossiyaning dilerlik avtomarkazlari yangi modellar bilan to‘ldirildi. Moskva va Rossiyaning 16 ta viloyatida kichik litrajli Chevrolet Spark’ning o‘zgartirilgan Ravon R2 xetchbeklari namoyishga qo‘yildi.

Ekspertlarning fikricha, Ravon R2 yaqin kelajakda Matiz o‘rnini bosishi kerak. Xaridorlar ayni vaqtda mashinani ko‘rib, unga baho berishlari mumkin bo‘ladi, chunki mashina faqatgina bahor boshida savdoga chiqariladi.

Hozirda mashina Rossiya avtomobillar bozoriga yo‘l olishdan avval yo‘l sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Mashinaning texnik ko‘rsatkichlari va narxlari savdolar boshlanishiga yaqin taqdim qilinadi.

Manba: vladtime.ru