Texnologiya | 21:39 / 28.01.2016
3223
2 daqiqa o‘qiladi

Audi A8 modeli 6 eshikli limuzinga aylantiriladi

Shvetsiyada Audi A8 modeli negizida qurilgan 6 eshikli limuzin sinovdan o‘tkazila boshlandi. Sinov prototipining surati Autoevolution nashrida chop etildi.

Ayni paytda yangi mashina haqida batafsil ma'lumot yo‘q. Ko‘rinishicha, limuzinni Audi’ning o‘zi emas, balki limuzinlar yaratishga ixtisoslashgan atelelardan biri tayyorlagan. Misol uchun, Shvetsiyada bunday mashinalarni Nilsson Special Vehicles, Germaniyada esa Binz yasaydi. Olti eshikli limuzinlarning uzunligi qoida bo‘yicha 6 metrga yaqinni tashkil qiladi.

Flagman sedanining limuzinlardan tashqari boshqa variantlari ham ishlab chiqilmoqda. Misol uchun, 2015 yil kuzida zirhlangan Audi A8 yaratilgan, u tarixdagi hujumlardan eng kuchli himoya qilingan mashina deb atalgan. O‘t o‘chirish tizimi va toza havoni berish favqulodda tizimiga ega bu mashina konstruksiyasida alyuminiy qotishmalar, aramid va toblangan po‘latdan foydalanilgan.

Shuningdek, A8’ning 605 ot kuchiga erisha oladigan, 8 silindrli biturbo dvigatelli top modifikatsiyasi ham mavjud bo‘lib, u 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada erisha oladi. Bunday sedan 308 km/soat gacha tezlasha olishi mumkin.