Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Kamolot shaxmat taxtasi" Respublika turnirining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi
"Kamolot" YoIH Samarqand shahar Kengashi tomonidan shaxmat-shashkaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida "Kamolot shaxmat taxtasi" Respublika turnirining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan musobaqada o‘g‘il-qizlar 5 yosh toifada g‘oliblik uchun dona surdilar.
- O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda "Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ga asosan o‘tkazilgan musobaqadan asosiy maqsad mamlakatimizda shaxmat sport turini yanada kengroq targ‘ib qilish va ommaviylashtirish, o‘quvchi-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, qadimiy aql-idrok o‘yini sanalgan shaxmat sanatini umumma'naviyatimizning bir bo‘lagi sifatida ezozlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini o‘stirishdan iborat, - deydi "Kamolot" YoIH Samarqand shahar Kengashi raisi Raxmanov Jasur.- An'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqa ishtirokchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Musobaqaning saralash bosqichlarida 2000 nafardan ortiq yoshlarning ishtirok etgani ushbu sport turiga qiziqadigan yoshlarimiz safi kengayganidan dalolat.
Musobaqa g‘oliblari "Kamolot" YoIH Samarqand shahar Kengashi tomonidan qitmmatbaho sovg‘alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.
G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
8 yoshgacha bo‘lgan og‘il-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin:
- Ikromov Sanjar - 34-umumtalim maktabi o‘quvchisi;
- Botirova Zuraffo - 17-umumtalim maktabi o‘quvchisi;
12 yoshgacha bo‘lgan og‘il-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin:
- Tangirov Said - 51-umumtalim maktab oќuvchisi;
- Eshkobilova Nozima - 32-umumtalim maktab o‘quvchisi;
14 yoshgacha bo‘lgan og‘il-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin:
- Ќosimov Ali _12_-umumtalim maktab oќuvchisi;
- Xoliќulova Marjona 12-umumtalim maktab o‘quvchisi;
16 yoshgacha bo‘lgan og‘il-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin:
- Galben Viktor - 7-umumtalim maktabi o‘quvchisi;
- Salimova Gulsanam - 41-umumtalim maktabi oќuvchisi;
19 yoshgacha bo‘lgan og‘il-qizlar o‘rtasida 1-o‘rin:
- Tagayev Parviz - Samarqand Oziq-ovqat kasb-hunar kolleji;
- Ramazanova Yulduz - Samarqand Pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji o‘quvchisi;