O‘zbekiston | 17:34 / 02.01.2021
95612
9 daqiqa o‘qiladi

2021 yilda yer, suv soliqlarini hisoblash va to‘lash tartibi tushuntirildi

Moliya vazirligi 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarni ma'lum qildi.

Foto: Pinterest

Moliya vazirligi yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2021 yil 1 yanvardan kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborot xabarini Davlat soliq qo‘mitasi, hududiy boshqarmalar va quyi bo‘g‘in tashkilotlarga yubordi.  

Yer solig‘i bo‘yicha

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.

Bunda meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun meva-sabzavot mahsulotlari egallangan yerlar bo‘yicha, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari uchun soliqni sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun yer solig‘ining bazaviy stavkasi va yer uchastkasining sifat xarakteristikasini hisobga oladigan tuzatish koeffitsiyentlaridan kelib chiqib hisoblash tartibi bekor qilinmoqda.

Ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangani kabi soliq stavkasini belgilash bilan soliqni qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib to‘lashga o‘tkazilmoqda.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq organlari yer uchastkasining joylashgan joyi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organlar ma'lumotiga asosan soliq solinmaydigan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni chegirgan holda yer solig‘i hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurish va yashash uylarini obodonlashtirish uchun berilgan tomorqa yer uchastkalariga, yakka tartibda uy-joy qurish bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi qo‘llaniladi.

Soliq kodeksida yuridik va jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun hududlar kesimida (mutlaq miqdorda) bazaviy soliq stavkasi belgilanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkasining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari kengashlari soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda yer solig‘i stavkalarini belgilaydi;

tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari kengashlari tomonidan belgilangan, Toshkent shahri bo‘yicha esa Soliq kodeksida belgilangan yer solig‘i stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida 0,5 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritadi.

Bunda, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari alohida yer uchastkalariga, shuningdek, turistik zonalarda joylashgan jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan 1 gektardan ortiq yer uchastkasiga yer solig‘ini 3 baravargacha miqdorda oshiruvchi stavkasini belgilash huquqiga ega.

Tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari 2021 yil uchun yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlariga qishloq jo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 2020 yilning 31 dekabriga qadar taqdim etadilar.

Yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha soliq stavkalarini 5 kun davomida yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘ini hisoblash uchun mazkur soliq stavkalarini soliq to‘lovchilarga yetkazishi shart.  

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Soliq stavkalari 15 foizga, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun esa 30 foizga indeksatsiya qilinishini hisobga olgan holda Soliq kodeksida belgilanmoqda.

Bunda, soliq stavkalari kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda, qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish), shu jumladan, dehqon xo‘jaliklari uchun yagona soliq stavkasi 1 kub metr uchun 40 so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Elektr stansiyalari uchun soliq stavkalari kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun belgilangan stavkalar bilan tenglashtirilmoqda. Kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari soliq solish obekti hisoblanmaydi.

Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, baliqchilik xo‘jaliklarida suvdan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq bazasini aniqlash tartibi quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘zgartirilmoqda:

  • suvdan foydalanish va suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ har yili quyidagilar tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmi to‘g‘risida ma'lumot taqdim etadi;
  • joriy soliq davrining 10 dekabridan kechiktirmay qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga soliq bazasini aniqlash uchun;
  • dehqon xo‘jaliklari bo‘yicha soliqni hisoblash uchun-soliq organlariga suvdan foydalanish va suvni iste'mol qilish joyi bo‘yicha hisobot yilidan keyingi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay.

Sun'iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sun'iy suv obektlaridan olingan va ushbu suv obektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.

Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan, baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste'mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste'molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish(o‘stirish), shu jumladan, dehqon xo‘jaliklarida suv o‘lchash uskunalari mavjud bo‘lganda, soliq stavkasiga 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qo‘llaniladi.

Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni(trubinalarini) sovitish uchun ishlatiladigan soliq to‘lovlar soliq bazasini tabiiy suv obektlaridan maxsus uskunalarni sovitish uchun olingan va tabiiy obektlarga qaytarib quyiladigan suv hajmi hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish raxsatnomasi mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.

Soliq solish obekti va soliq stavkasi turli xil bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari shart va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lash tartibi kiritilmoqda.

Masalan, soliq to‘lovchining asosiy faoliyat turi savdo bo‘lib, uning avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi mavjud. Bu holatda soliq to‘lovchi bu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritadi va soliq hisoblaydi:

  • savdo faoliyati uchun foydalangan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkasi 1 kub metr uchun 182 so‘m(yerusti suv resurslari) va 1 kub metr uchun 221 so‘m(yerosti suv resurlari).
  • avtotransport vositalarini yuvish uchun suv hajmi bo‘yicha soliq stavkasi 1 kub metr uchun 1 990 so‘m.

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha:

Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda. Quyidagi foydali qazilmalar uchun 5 foiz miqdorda, biroq 1 kub metr uchun 7500 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda yagona soliq stavkasi belgilanmoqda:

  • qurilish qumlari, qum-shag‘al aralashmasi, qumtoshlar, qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari), qurilish mayda toshlar(granitlar, porfiritlar va slanuts jinslari).

«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DUK va «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ uchun oltin, kumush, palladiy va mis bo‘yicha soliq stavkasi 15 foiz miqdorda belgilanmoqda.

Boshqa foydali qazilmalar bo‘yicha soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinmoqda.

Mavzuga oid