Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida moliya vaziri Timur Işmetov vazirliklar budjet mablağlarini noqonuniy sarflaşiga oid savolga javob berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yilning 9 oyida xalq ta’limi tizimida 47 mlrd söm, soğliqni saqlaşda 30 mlrd söm, maktabgaça ta’lim tizimida 7 mlrd söm, Madaniyat vazirligida 5,5 mlrd sömga yaqin qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Bundan taşqari,  bajarilmagan işlarni «bajarildi» qilib körsatiş, budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobidan örnatilmagan uskunalarni «örnatildi» deb rasmiylaştiriş hisobiga 100 mlrd sömdan ortiq qonunbuziliş holatlari va umuman 139 mlrd söm budjet mablağlari maqsadsiz sarflanişiga yöl qöyilgan.  

Deputatlar vazirdan bu borada Moliya vazirligi qanday çoralar körayotganini söradi.  

Işmetovning sözlariga köra, Moliya vazirligi va vazirliklarning içki audit xizmatlari bilan birga örganişlarni ötkaziş tartibi örnatilgan. 

“Kelajakda Moliya vazirligi nazorat funksiyasining bir qismini vazirliklarning içki auditiga, yana bir qismini taşqi audit – Hisob palatasiga ötkazamiz. 

Vazirliklar tomonidan notöğri qilinişi, menimça, buni hadeb Moliya vazirligidan söraş ham... albatta körib turibmiz, bu raqamlarni Moliya vazirligi topib beryapti. Lekin köproq talab öşa vazirliklarga bölişi kerak. Eng köp masalalar, budjetdan mablağ ajratiladigan yönaliş oyliklar bölgani uçun eng katta kamçilik ham, pulni köproq olişni ham şu yönalişda köramiz.  Xususan, 2023 yil budjetiga ham, tegişli oylikka bölgan xarajatlar taqdim etilgan ma’lumotlar tekşirib tasdiqlab bölinganidan keyin ham,  1 çorak davomida Moliyaviy nazorat boşqarmasi tomonidan bittalab tekşirilib tuzattiriş kiritiladi”, – dedi u.  

Vazirning sözlariga köra, bu borada köproq vazirliklarning mas’uliyatini oşiriş böyiça öylaş kerak. 

“Bitta vazirlik hamma vazirlikning ustidan qöriqçi bölib turgani bilan iş bitmaydi. Budjet mablağlarini samarali sarflaş har bir vazirlik zimmasiga yuklatilgan”, – dedi Işmetov.  

Deputat Alişer Hamroyev esa içki audit tizimi öşa taşkilotga böysunişini aytdi. 

“Ularda qonunbuziliş holatini yaşiriş imkoniyati paydo böladi. Endi Moliya vazirligi nazoratni ularga yuklamoqçi, töğri Hisob palatasi ham bor. Inson omilini yöqotadigan elektron nazorat yuritiş haqida öylanmayaptimi?” – dedi u.