O‘zbekiston | 13:57 / 20.06.2022
9525
1 daqiqa o‘qiladi

«Xususiy OAV faol ishlayapti, yaxshi takliflarini oshkora berishyapti» – Shavkat Mirziyoyev

Konstitutsion islohotlar muhokamasiga oid yig‘ilishda ishtirok etayotgan davlat rahbari OAV faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

“So‘nggi yillarda, so‘z erkinligi ommaviy axborot vositalari ham ancha rivojlandi. Oldin markaziy telekanallardan boshqa nima bor edi? Hech narsa. Hozir Xalqaro press-klub, qator xususiy telekanallar ochildi. 

Shaxsan o‘zim OAVda chiqqan takliflarni muntazam kuzatib boryapman. Davlat televideniyesida ko‘p narsa yo‘q. 

Xususiy OAV, telekanallar faol ishlayapti. Xalqimizning erkin fikri, yaxshi takliflarini oshkora berishyapti. Bu ham ochiqlik sari qilgan harakatlarimiz belgisi, bu islohotlarda davom etamiz” – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid