Sport | 10:10 / 03.03.2016
1897
1 daqiqa o‘qiladi

Yurgen Klopp: «Manchester Siti»ga futbol o‘ynash imkoniyatini bermadik»

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya premer-ligasining 28-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvdan (3:0) keyin o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men o‘zim buni tasavvurga sig‘dira olmayapman. Hammasi qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday bo‘ldi. O‘yindan oldin yigitlardan bugun g‘alabani ko‘proq biz xohlayotganimizni ko‘rsatib qo‘yishlarini so‘radim. Ular bu ishni qoyilmaqom tarzda uddalashdi.

Mazkur uchrashuvda «Liverpul» ushbu mavsumdagi eng yaxshi pressingini amalga oshirdi, deb hisoblayman. «Manchester Siti»da futbol o‘ynash uchun umuman imkoniyat bo‘lgani yo‘q. Bu barcha «Liverpul» muxlislari uchun ajoyib oqshom bo‘ldi», – deya gapirib o‘tdi Klopp.