O‘zbekiston | 13:00 / 08.08.2022
4494
3 daqiqa o‘qiladi

ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi filiali Romitanda o‘z faoliyatini boshladi

“2021 yil brendi” mukofoti g‘olibi hamda 2021 yil nooziq-ovqat tovarlari mintaqaviy riteylerlari yetakchisi bo‘lgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i Buxoro viloyatining Romitan tumanida o‘zining 58-filialini ochdi.

Foto: ISHONCH

Respublikamizda aholining turmush tarzini yuksaltirish, yanada yaxshilashni asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilab olgan ISHONCH kompaniyasi endi Romitan tumanining aholisiga ham sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishni boshlab yubordi. Filialning ochilish marosimi qiziqarli shou-dasturdan boshlanib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Maxsus ochilish lentasi kesilganidan so‘ng do‘kon eshiklari hamma uchun ochildi va mehmonlar rastalarda taqdim etilgan keng turdagi mahsulotlar bilan tanishish hamda muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aytib o‘tish joizki, ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 7000 dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud. Ular orasida maishiy texnikalar, zamonaviy smartfonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, barcha turdagi mebellar, santexnika mahsulotlari, qurilish materiallari, gilamlar, chinni va billur idishlar, sport anjomlari va ko‘plab boshqa mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Xaridorlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida har qanday mahsulotni muddatli to‘lov asosida sotib olish imkoniyati yaratilgan. Budjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagi shaxslardan o‘zlariga kerakli mahsulotni muddatli to‘lov asosida xarid qilishlari uchun faqatgina pasport hamda 15 daqiqa vaqt kifoya.

ISHONCH kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan qulayliklar bu bilan cheklanmaydi: foydali aksiyalar, bonuslar, bepul yetkazib berish va o‘rnatish, 30 kun ichida mahsulotni qaytarish imkoniyati shular jumlasidan. Kompaniyada mahsulot yoki xizmat haqida batafsil ma’lumot berish uchun yagona aloqa markazi faoliyat yuritadi, xohlovchilar +998735152222 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Telegram orqali t.me/ishonchadmin_1 ga yozib, savollarini berishlari va o‘zlariga kerak ma’lumotlarni olishlari mumkin.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tez kunlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani hamda Angren shahrida,  Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yangi filiallarini ochishni rejalashtirgan. Shu sababli ushbu yangi do‘konlarga ishga kirishni istaganlar o‘z anketalarini Telegramdagi t.me/ishonchanketabot orqali to‘ldirib qoldirishlari va t.me/hrfmishonch Telegram kanali orqali bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid