Jamiyat | 12:44 / 24.03.2016
1950
2 daqiqa o‘qiladi

6 aprelda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi boshlanadi

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining yangi mavsum bellashuvlariga start berish maqsadida joriy yilning 6 aprel kuni soat 15:00 va 19:00 da “Istiqlol” san'at saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining yangi mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan “Safimizga chorlaymiz!” deb nomlangan festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalda Respublikamizning eng sara jamoalari, juladan, 2015 yilgi mavsum chempioni “Turon” jamoasi ishtirok etadi. Qolaversa milliy estradaning yorqin yulduzlari ham yoshlarga haqiqiy bayramona kayfiyatni ulashishda yordam berishlari ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot o‘rnida, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bellashuvlari (13 ta bellashuv) Toshkent shahri va 7 ta viloyatda, mart-aprel oylarida, yarim final bellashuvlari (5 ta bellashuv) Toshkent shahri va 3 ta hududda, may-iyun oylarida o‘tkaziladi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bellashuvi Toshkent shahrida, noyabr oyida “Yoshlar haftaligi” festivali doirasida tashkil etiladi.

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining bosh koordinatori Umarbek Rammankulov.