O‘zbekiston | 19:15 / 28.03.2016
2875
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p qavatli avtoturargohlar qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi

Aholi sonining oshishi va shu bilan birga xususiy avtomashinalar sonining ko‘payishi odamlarga yo‘l qatnovida qulaylik yaratish bilan birga qator muammolarni ham keltirib chiqaradi.

Masalan ko‘p qavatli turar joylarda mashinalar qo‘yishga joy kamligi, to‘xtab turgan mashinalarning piyodalar harakatiga xalal berishi, mashinalarning xavfsizligi va hokazo.

Shularni inobatga olib, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni keng targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

Ko‘pqavatli avtoturargohlar qurish loyihasi bilan chiqqan tashabbuskor tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, jumladan imtiyozli kreditlar taqdim etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Tuzatish kiritildi:

Ushbu xabar chop etilganda, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar «Toshkent Bosh Plan LITI» tomonidan taqdim etilishi haqida xato ma'lumot yozilgan.

Toshkent bosh plani loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti kredit ajratish bilan shug‘ullanmaydi. (11 aprel, 2016 yil)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish