Jamiyat | 19:06 / 01.04.2016
2186
1 daqiqa o‘qiladi

Sinxua agentligi o‘quvchilarini Hazil-mutoyiba kunini rad qilishga chaqirdi

"G‘arbning Hazil-mutoyiba kuni bayrami Xitoy an'analari va ijtimoiy qadriyatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Odamlar unga ishonmasliklari va yolg‘on mish-mishlar tarqatmasliklariga umid qilamiz", - deyiladi Sinxua agentligi mikroblogida.

Xitoyliklar agentlikning murojaatiga bir olam hazil bilan javob qaytardilar.

Sinxua agentligining bu ma'nodagi xati - Xitoy kommunistik partiyasining g‘arb madaniyati ta'siri bilan kurash dasturining bir qismi deb ta'kidlanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish