Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asal Shodiyeva tug‘ilgan kunini Shohruxxon bilan birga nishonladi
Aktrisa Asal Shodiyeva 6 aprel kuni o‘zining 24 yoshini qarshi oldi va tug‘ilgan kunini “Basilic” restoranida nishonladi.
Kechaga tashrif buyurgan aktrisaning do‘stlari orasida Shohruxxon va uning onasi Zebo Navro‘zovani ham uchratish mumkin edi.
Shuningdek, Shohruhxon o‘zining instagramdagi sahifasi orqali Asal bilan birga tushgan suratini joylab, uni tavallud ayyom bilan tabrikladi.
Ularning munosabatlari jiddiy ekanligi haqida rasmiy ma'lumotlar bo‘lmasa-da, yuqoridagi suratlar bu mish-mishlar tobora haqiqatga aylanib borayotganini tasdiqlaydi.