Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fontus shishasi havo va yorug‘likdan suv olishga imkon beradi
Sayohat paytida doimo ichimlik suvi zaxirasiga ega bo‘lish juda muhim hisoblanadi. Shunday g‘oya bilan Kristof Retezar havo va yorug‘likdan suv olishga imkon beruvchi Fontus Airo va Fontus Ryde revolyutsion shishalarini taqdim etdi. Natijada sayohatlarga og‘ir va ko‘p joy egallaydigan suv idishlarini olish shart bo‘lmaydi.
Fontus Airo va Fontus Ryde shishalari velosiped va piyoda sayohatlariga ham mo‘ljallangan. Havo shisha qopqog‘ining ichida sovutiladi, maxsus qatlam ustida kondensatsiya qilinadi va filtrlanib suv uchun asosiy sig‘imga joylashtiriladi.
Fontus Airo maxsus quyosh batareyasi yordamida ishlaydi va bu batareyadan qoplama sifatida foydalaniladi. Fontus Ryde rusumidagi shisha esa velosiped romiga mahkamlanadi va avtomatik tarzda harakat davomida havodan suv yig‘ib ketaveradi. Shishaning pastki qismida maxsus kapsulalar joylashgan bo‘lib, ular suvning mineralizatsiyalash jarayoniga javob beradi. Shunday qilib, foydalanuvchi har doim yangi mineral suvdan bahramand bo‘ladi.
Fontus Airo va Fontus Ryde shishalariga Indiegogo sayti orqali 200 va 165 dollarga buyurtma berish mumkin.