O‘zbekiston | 09:00 / 23.09.2023
6081
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Get-Green Energy Trade” kompaniyasining rasmiy savdo uyi va shourumi ochildi

15 sentabr kuni Toshkentda “Get green energy trade” kompaniyasi savdo ofisi va shourumining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shourumda quyosh stansiyalarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bepul treninglar tashkil etiladi.

Quyosh elektr stansiyalari ekologik tozaligi va iqtisodiy samaradorligi tufayli tobora ommalashib bormoqda. Bu yo‘nalishda tadbirkorlar sonining ko‘payishi talabni qondirishga yordam beradi va energetika yechimlarini respublikamiz aholisi uchun yanada qulayroq qiladi.

Narxlar va elektr tanqisligini pasaytirish

Quyosh energiyasi bozoridagi raqobat uskunalar va xizmatlar narxini pasaytirishga yordam beradi. Bu iste’molchilar uchun ham, mamlakatda quyosh energetikasini rivojlantirish uchun ham foydalidir. Shuningdek, quyosh elektr stansiyalari hajmini oshirish energiya tanqisligini kamaytirishga yordam beradi va yanada ishonchli energiya ta’minotini ta’minlaydi.

Yangi “Get green energy trade” kompaniyasi quyosh panellarini o‘rnatish borasida texnik xizmat ko‘rsatish uchun yuqori sifatli uskunalar va professional xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya o‘zining yangi rasmiy savdo ofisi va shourumida Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda quyosh panellari va ehtiyot qismlarini namoyish qildi.

Quyosh stansiyalarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bepul treninglar

“Get-Green Energy Trade” MChJ boshqaruv raisi Elmurod Abdullayev kompaniyaning asosiy tamoyillari haqida ma’lumot berdi:

“Ushbu shourumning ochilishidan maqsad – sohada yangi faoliyat boshlagan kompaniyalar va ularning mutaxassislariga quyosh panellarini to‘g‘ri o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishdan iborat. Bu yerda haftaning dushanbadan juma kuniga qadar quyosh stansiyalarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bepul treninglar o‘tkaziladi.

 “Get green energy trade” kompaniyasi SUNGROW kompaniyasi bilan hamkorlikda invertorlarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishiga imkon yaratildi. SUNGROW 2022 yildan invertor ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida to‘la moliyaviy ishonchli kompaniya maqomini olgan.”

Boshqaruv raisi kompaniya tomonidan o‘rnatib berilgan SUNGROW invertorlariga 5 yillik kafolat berilishini ma’lum qildi.

Shourum mijozlarga mavjud quyosh panellarining xilma-xilligini baholash va sotib olish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi. Bu yerda quyosh panellari va ularga zarur bo‘lgan barcha mahsulotlar bir joyda mujassam. Yuridik, xususiy va davlat tashkilotlari barcha mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olishlari mumkin.

Kompaniya barcha mahsulotlariga 1 yildan 5 yilga qadar kafolat beradi. Xitoyning yetakchi quyosh panellari ishlab chiqaruvchilaridan mahsulot yetkazib berish va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun treninglarda ishtirok etish mumkin.

Umuman olganda, “Get-Green Energy Trade” kompaniyasi savdo uyining ochilishi respublikada quyosh energetikasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardandir. Ushbu sa’y-harakatlar atrof-muhitga ham, iqtisodiyotga ham foyda keltirishi mumkin, shu bilan birga quyosh yechimlarini barcha aholi uchun qulayroq qiladi.

Telefon: +998 55 506 77 88 (09:00 dan 18:00 gacha)

Telegram: https://t.me/get_green_energy_trade
Instagram: https://www.instagram.com/get_green_energy_trade/
Facebook: https://www.facebook.com/get.green.energy.trade/

Reklama