O‘zbekiston taekvondo milliy jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi
O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi - Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi.
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Olimpiada o‘yinlarida ilk marotaba besh nafar sportchi bilan qatnashadi.
Taekvondo assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WTF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar taqsimotini qayta shakllantirdi. Parijdagi o‘yinlarda ishtirok etadigan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmadi. Katta dubulg‘a turnirida litsenziyalarni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarning o‘rniga Olimpiya reytingida eng yaxshi o‘rinlarni qayd etgan sportchilarga kvota taqsimlab berildi.
+80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinchi o‘rinni qayd etgan Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nikita Rafalovich ham yo‘llanmaga ega chiqdi.
Shu tariqa, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor 3 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchi bilan qatnashadigan bo‘ldi (shu vaqtgacha 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan).
2024 yilgi o‘yin ishtirokchilari:
- Ulug‘bek Rashidov (68 kg);
- Jasurbek Jaysunov (80 kg);
- Nikita Rafalovich (+80 kg);
- Ozoda Sobirjonova (67 kg);
- Svetlana Osipova (+67 kg).
Mavzuga oid
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
14:53 / 06.09.2024
Sportga xarajatlar: kelajak uchun investitsiyami yoki ortiqcha dabdaba?
20:43 / 05.09.2024
Keniyada Parij olimpiadasida ishtirok etgan marafonchi sevgan yigiti tomonidan yoqib yuborildi
12:04 / 28.08.2024