Davlat rahbari öğil-qizlarni 33-yozgi Olimpiya öyinlarida munosib iştirok etib, erişgan ulkan tarixiy ğalabasi bilan yana bir bor çin qalbdan samimiy muborakbod etdi.

"Dunyoning 200 dan ziyod davlatidan 11 ming nafarga yaqin eng maşhur sportçilar qatnaşgan uşbu nufuzli sport anjumani biz uçun tom ma’noda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy böldi.

Avvalo, mazkur Olimpiadada Özbekiston birinçi marta eng köp tarkib bilan, ya’ni, 19 ta sport turi böyiça 90 nafar sportçi bilan iştirok etganini ta’kidlaş lozim.

Ayniqsa, ayollar kuraşi, kamondan öq otiş, suvga sakraş, futbol kabi sport turlari böyiça sportçilarimiz ilk bor Olimpiya öyinlarida qatnaşganini alohida e’tirof etiş kerak", - dedi prezident.