Faol muhokamalar – uyğoq fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan. Parij olimpiadasi özbekistonliklarga katta quvonç bağişlaş bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda davlatning sportni moliyalaştirişi haqidagi muhokamani ham yuzaga çiqardi. Kun.uz bu borada qarama-qarşi fikr egalarini studiyaga taklif etdi.
Suhbat avvalida Özbekiston dzyudo jamoasi menejeri Eldor Qahhorov olimpiadaçilarning iştirokiga töxtaldi. Uning fikriça, dastavval sportçilarning kayfiyati futboldagi ketma-ket mağlubiyatlar sabab biroz tuşgan, lekin keyin Diyora Keldiyorovaning dzyudodagi oltini boşqa sportçilarga ham motivatsiya bergan. Menejyerning aytişiça, çempionlar albatta, taqdirlanişi, rağbatlantirilişi kerak. Davlat hisobidanmi, xususiy sektordanmi, bu – ikkinçi masala.
Bloger Otabek Mahkamovning ta’kidlaşiça, mukofotlarning töliq davlat budjeti hisobidan berilişi notöğri. Dunyo tajribasiga köra, çempionlarni rağbatlantirişni sport homiylari va biznes vakillari öz zimmasiga oladi. Bundan taşqari, sportga va bilim egalariga bölgan munosabat har xil bölmasligi kerak.
“Pullar davlat budjetidan ekan, bu borada öylabroq gapirişimiz kerak. Singapurda beriladigan pul haqida gapirildi, Singapur va Özbekiston iqtisodiyotini soliştirsak, juda qörqinçli raqamlarga duç kelamiz. Çempionlik bu – davlat obröyi uçun pozitiv voqea. Ğoliblarga kerak bölsa 500 million dollar berilsin, lekin davlat budjetidan emas”, deydi Mahkamov.
“Silk Road Research academy” ijroçi direktori, ta’lim böyiça tadqiqotçi Azamat Akbarovning fikriça, davlat sportga aralaşişni töxtatişi kerak. Sportning rivoji xususiy sektor bilan yaxşiroq böladi.
“Angliyada kamdan kam hollarda davlat sportga aralaşadi. AQŞ olimpiya qömitasi davlatdan deyarli mablağ olmaydi. Hattoki, Amerika stadion qurişga öylab pul ajratadi. Agar şu stadion özini oqlasagina, pul beradi. Yaqinda öqidim, Özbekistonning 6 mingdan ortiq maktablarida kanalizatsiya yöq ekan. Davlat uçun prioritetlar aniq va töğri bölişi kerak”, – deydi Akbarov.
Sport menejeri Qahhorov esa faollarning gapiga javoban sportçilar heç narsaga muhtoj bölmasligi kerakligini ta’kidladi.
“Amerika rivojlangan davlat, deyarli barça sport turlarida ularning sportçisi qatnaşadi. Biz bor-yöği 5 ta sport turida medal oldik. Bilasizmi, sportçilar oç qolmasligi kerak. Ularda pul va boşqa narsalarda ehtiyoj qolmasagina, asosiy e’tiborini sportga qaratadi. Mana, Bahodir Jalolov, Uluğbek Raşitovlar Tokioda oltin oldi, mukofotni ham olib, asosiy e’tibori yana sportda böldi”, deydi Qahhorov.










