O‘zbekiston | 15:00 / 15.08.2019
20915
6 daqiqa o‘qiladi

Davstatqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 13 avgust kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma'lum bo‘ldi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 30 000 so‘mdan 53 000 so‘mgacha (kg) 

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (30 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da kuzatildi (53 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 34 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha (kg) 

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 34 000 so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 58 000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg) 

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘mdan), maksimal narxi esa poytaxtning «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg) 

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» hamda «Mirobod dehqon bozori»da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 250 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg) 

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori» da 1 250 so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxlari esa Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 5 000 so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 3 000 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (10 dona) 

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (10 donasi 3 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (9 000 so‘m).

Guruch 5 200 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg) 

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 200 so‘mdan), maksimal narx esa Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha (1 l.) 

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da 8 000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining «Temir yo‘l dehqon bozori» hamda «Damariq dehqon bozori» da 12 500 so‘mdan kuzatildi.

Shakar 4 800 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg) 

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da 4 800 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 5 500 so‘mdan kuzatildi. 

Mavzuga oid