Bugun, 27 avgust kuni Yoshlar press-klubi binosida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikka erishgan o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilarini bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbir davomida 6 nafar o‘quvchi va ularning yana shuncha nafar o‘qituvchilari taqdirlangan.
Ma'lumot uchun, joriy yilda masofaviy tarzda o‘tkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Xususan, 25 iyul kuni dunyoning 60 davlatidan 235 nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashgan nufuzli 52–xalqaro kimyo fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar o‘quvchisi 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
24 avgust kuni o‘tkazilgan, dunyoning 52 davlatidan 262 nafar o‘quvchi qatnashgan 31–xalqaro biologiya fan olimpiadasida esa 4 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi 1ta oltin va 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgandi.
Sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bu yoshlarni bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha esa O‘zbekiston prezidentining qarori imzolangan.
Biologiya yo‘nalishidagi mukofotlar O‘zbekiston xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan quyidagi o‘quvchilarga topshirildi:
- Xalqaro fan olimpiadasidagi oltin medali uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Saida Valijonova 111 mln 500 ming so‘m miqdorida;
- Kumush medali uchun Buxoro davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Ravshanbek Karimov 66 mln 900 ming so‘m miqdorida;
- Kumush medali uchun Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litseyi o‘quvchisi Sardor Tojiboyev 66 mln 900 ming so‘m miqdorida.
Kimyo yo‘nalishidagi mukofotlar Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev tomonidan quyidagi o‘quvchilarga topshirildi:
- Kumush medali uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Mirumid Mirakbarov 66 mln 900 ming so‘m miqdorida;
- Kumush medali uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi















