26-31 may kunlari Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslaştirilgan maktabda 14-15 yoşli öquvçilar örtasida matematika böyiça xalqaro olimpiada ötkaziladi.

Uşbu olimpiadada 7-8-sinf öquvçilari örtasida taşkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasining hududiy bosqiçida sovrinli örinlarni egallagan öquvçilar iştirok etişi belgilangan.

Bundan taşqari, yoş matematiklar xalqaro olimpiadasida Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston hamda Ozarboyjon terma jamoalarining ham iştirok etişi kutilmoqda.

Xalqaro olimpiada yakuniy natijalariga köra, 2008 yil 27 dekabrdan keyin tuğilgan özbekistonlik iştirokçilar orasida eng yaxşi natija körsatgan 6 nafar öquvçi xalqaro Bolqon matematika olimpiadasida iştirok etadigan Özbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur olimpiada 25-30 iyun kunlari Turkiyaning Antalya şahrida bölib ötadi.