O‘zbekiston | 11:38 / 18.02.2022
25137
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari tuman hokimiga aylandi.

O‘tkirbek Ilhomovich Shukurov Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

O‘.Shukurov 1983 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Andijon pedagogika institutini, 2012 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2004 yilda Andijon shahri 47-umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan. 

U 2006 yildan boshlab, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati Kengashi referenti, Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, korxona, tashkilot va muassasalardagi yoshlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim mudiri, axborot-tahlil bo‘limi mudiri, kengash raisi o‘rinbosari, kengash raisi vazifasini bajaruvchi, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘tkirbek Shukurov 2019 yil fevralida Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U 2020 yil 9 sentyabrdan buyon tuman hokimi bo‘lib kelgan Zohidjon Ahmadaliyev o‘rnini egallaydi. Ahmadaliyevning keyingi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.

Zohidjon Ahmadaliyev

Bundan oldinroq Nasibullo Mo‘minov O‘tkirbek Shukurov o‘rniga Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid