“40 kun ichida 14 marta radarga tushgan Trailblazer”. Toshkent viloyatida eng ko‘p qoida buzgan avtomobillar ro‘yxati e'lon qilindi
Toshkent viloyati IIBB YHXB tezlikni oshirgani tufayli 10 martadan ortiq fotoradarga tushgan transport vositalari ro‘yxatini e'lon qildi.
“2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 47 foizi aynan tezlik oqibatida sodir bo‘ldi. Bunday hodisalar salmog‘ini kamaytirish maqsadida viloyat avtomobil yo‘llarida 50ga yaqin tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini aniqlovchi fotoradarlar ishlamoqda. Viloyat hududida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lishi va ko‘p miqdorda jarima to‘lashlariga qaramasdan, ayrim haydovchilar Toshkent viloyati hududida 10 marotabadan ortiq fotoradarlar nigohiga tushmoqda”, deyiladi viloyat IIBB YHXB bayonotida.
Bosh boshqarma axborot xizmati rahbari Rustam Asqarov Kun.uz’ga eng ko‘p qoida buzgan haydovchilar ro‘yxatini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, GAZ 31029 rusumli transport vositasi haydovchisi joriy yilda 18 marta tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
NEXIA rusumli transport vositasi haydovchisi 4 oy ichida 15 marta tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
TRAILBLAZER rusumli transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 14 marta tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
EQUINOX rusumli transport vositasi haydovchisi 30 kun ichida 11 marta tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
CAPTIVA rusumli transport vositasi haydovchisi 40 kun ichida 9 marta tezlikni me'yoridan oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent viloyatida 10 oy mobaynida tezlik bilan bog‘liq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan Lacetti haydovchisiga 35 mln so‘mdan ko‘proq jarima belgilangan edi.
Mavzuga oid
21:02
Bo‘stonliqda Qizil Kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
21:28 / 07.01.2025
Chirchiq daryosi hududida tabiatga 674 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
21:18 / 07.01.2025
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi
21:41 / 31.12.2024