Rasmiy axborotga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida örnatilgan statsionar fotoradarlar soni 6tani, intellektual rejimida işlovçi kameralar soni 10tani taşkil etmoqda.
Şuningdek, Buxoroda 8ta radar va 32ta kamera; Qaşqadaryoda 1ta radar va 6ta kamera; Navoiyda 8ta radar va 12ta kamera; Toşkent viloyatida 29ta radar va 37ta kamera; Farğonada 5ta radar va 21ta kamera; Samarqandda 12ta radar va 6ta kamera; Toşkent şahrida 28ta radar va 89ta kamera işlayotgani ma'lum qilindi.
Biroq, YHXBB ma'lumotida ayrim viloyatlarda faqat statsionar fotoradarlar haqida ma'lumot berilgan bölsa, ayrim viloyatlar böyiça faqat kameralar soni keltirilgan.
Jumladan, Jizzaxda 15ta, Surxondaryoda 4ta, Sirdaryoda 11ta statsionar fotoradar mavjud ekani aytilgan, biroq uşbu viloyatlardagi kameralar haqidagi ma'lumot yöq.
Xorazm, Andijon va Namangan viloyatlari böyiça esa faqat kamera haqida ma'lumotlar mavjud. Jumladan, Xorazmda 16ta, Andijonda 82ta, Namanganda 38ta kamera mavjudligi ma'lum qilingan.
Aytiş joiz, yuqoridagi ma'lumotda jami 127ta statsionar fotoradar haqidagi tafsilotlar oçiqlangan. Biroq respublikadagi jami fotoradarlar soni bundan ança köproqligi tayin. Zero, bundan bir neça kun avval YHXBB boşliği örinbosari Erali Bozorov bugungi kunda tizimda 271ta fotoradar moslamasi borligi, ularning hammasi onlayn tarzda markazga boğlanganini ma'lum qilgandi.
Kun.uz bu mavhumliklar böyiça YHXBB axborot xizmati bilan boğlandi. Axborot xizmati vakili Azizxon Murodov holatga oydinlik kiritilib, qöşimça ma'lumot berilişini ma'lum qildi.
Avvalroq, oçiqlik haqidagi prezident farmoni ijrosi doirasida Toşkent yöllaridagi fotoradar va kameralar röyxati e'lon qilingandi.












