Toşkent şahrida Lexus LX-570 rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oşirişga yöl qöyganligi aniqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

“Toşkent şahar yöllarida tezlikni ölçovçi radarlar örnatilgan bölişiga qaramasdan, ayrim haydovçilar bir neça marotaba radarning e'tiboriga tuşib, sodir etgan qoidabuzarligi uçun javobgarlikka tortilsa ham tezlik talablariga amal qilmasliklari davom etmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Misol sifatida keltirilişiça, Lexus LX-570 rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oşirişga yöl qöyganligi aniqlangan.

Uşbu toifadagi haydovçilar bilan profilaktik çoralar körilişi natijasida mazkur transport vositasi haydovçisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yöl qöymagani aytiladi.

“Hurmatli haydovçilar! Tezlikni oşirib, radarga tuşiş obröni oşirmaydi, aksinça oilaviy budjetga yoki oğir oqibatli yöl-transport hodisalarini keltirib çiqarişga, begunoh insonlarning hayotdan bevaqt köz yumişiga yoki bir umrga nogiron bölib qolişiga olib keladi. Hurmatli harakat iştirokçilari! Sizga oq yöl tilab, şoşilmaslikni va yöl harakati qoidalarini hurmat qilib, ularga rioya qilişingizni söraymiz”, - deyiladi YHXBB xabarida.