Jamiyat | 12:37 / 19.12.2025
7822
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkabog‘ hokimligining o‘zbek “demokratiyasi”ga qarshiligi sindi. Qayrag‘och aholisi suv bilan ta’minlanadi

Yakkabog‘ tumani, Qayrag‘och mahallasi "Tashabbusli budjet"da g‘olib bo‘lgani, biroq loyiha bugungi kunda amalga oshmay qolish ehtimoli paydo bo‘layotgani haqida Kun.uz surishtiruvi e’lon qilingandi. Unda aholi bilan uchrashgan mas’ullar yerosti suvlari yaroqsiz, degan vaj bilan artezian quduqlari qazishni noma’um muddatga kechiktirayotgani aytilgandi. Tuman hokimligi ushbu holatga munosabat bildirdi.

Foto: Kun.uz

Yakkabog‘ hokimiyatiga ko‘ra, mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” jarayonida aholi ovozi bilan g‘olib deb topilgan bo‘lib, ajratilgan pul mablag‘lari qat’iy belgilangan tartibda saqlanmoqda va boshqa maqsadlarda sarflanishi mutlaqo mumkin emas.

Ayni paytda suv chiqarish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu jarayon belgilangan tartib va talablar asosida olib borilayotgani sababli ma’lum vaqtni talab etadi.

Qurilish va montaj ishlari yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha yakunida Qayrag‘och mahallasi aholisi suv bilan ta’minlanadi.

Mazkur loyiha ijrosi doimiy nazoratda bo‘lib, barcha ishlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Aholining bildirilayotgan fikr va takliflari inobatga olinishi hamda loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar muntazam ravishda yetkazib borilishi ma’lum qilingan.

Mavzuga oid